Yangi ta’minot HIMARS (High Mobility Artillery Rocket System) yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun qöşimça öq-dorilar, gaubitsalar, artilleriya va minomyot snaryadlari, raketalar, yengil öqotar qurollar va ularga öq-dorilar, şuningdek, tankka qarşi qurollar, yuk maşinalari va oğir qurollarni taşiş uçun treylerlar, ehtiyot qismlar va boşqa jihozlarni öz içiga oladi, deb xabar berdi Pentagon.
Oq uyda ta’kidlanganidek, yangi paketda Ukrainaning rejalaştirilgan qarşi hujumi arafasidagi sörovlari inobatga olingan.
Avvalroq Daniya Ukrainaning bölajak hujumini qöllab-quvvatlaş uçun ukrainaliklarga yangi 1,7 milliard krona (taxminan 250 million dollar) miqdoridagi harbiy yordam paketini taqdim etişi ma’lum bölgandi.
Daniya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, uşbu paketga minadan tozalaş vositalari, öq-dorilar, dala köpriklari va havo hujumidan mudofaa qurilmalari hamda boşqa narsalar kiradi.


















