Şavkat Umrzoqov özaro munosabatlar ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uçraşuvlarida imzolangan hujjatlar va kelişuvlar asosida barqaror rivojlanayotganiga e’tibor qaratib, iqtisodiyot, sanoat, xizmat körsatiş, tibbiyot, farmatsevtika, madaniyat, turizm, ta’lim, energetika va boşqa sohalarda hali işga solinmagan imkoniyatlar köp ekanligini qayd etdi.
2022 yil yakuniga köra, Koreya va Toşkent örtasidagi özaro savdo hajmi 412 mln AQŞ dollarini taşkil etganligini bildirib, ikki tomonda ham bu körsatkiçlarni bir neça barobar oşiriş imkoniyati katta ekanligini, buning uçun hozirda Koreyada turli sohalarda qöllanilayotgan innovatsiyalarni bizda ham joriy etiş, özaro tajriba va malaka almaşişni taşkil etiş muhimligini aytib ötdi.
Toşkent va Seul örtasida yölga qöyilgan birodarlik aloqalarini kengaytiriş va şaharlarning birgalikdagi rivojlaniş rejalarini amalga oşiriş, Koreya biznesidagi yutuqlarni Özbekiston va Toşkentda qöllaş ahamiyatli bölişini ta’kidladi.
Elçi Kim Xi Sang qabul uçun minnatdorlik bildirib, Özbekiston va Toşkent bilan aloqalarni rivojlantiriş Koreya Respublikasi uçun ham ustuvor ahamiyat kasb etişini bildirdi. Turli soha va yönalişlardagi hamkorlik kengayib, rivojlanib borayotganiga e’tibor qaratib, hozirda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan Koreya kompaniyalarining 50 foizdan ortiği Toşkentda işlayotganligini qayd etdi. Bundan buyon ham mavjud aloqalarni kengaytiriş, Koreyaning yetakçi firma va kompaniyalarini Özbekiston bozoriga olib kiriş yönalişida faol işlaşini bildirdi.
Suhbat davomida Toşkentdagi Seul boğini rekonstruksiya qiliş hamda investitsiya loyihalari samaradorligini oşiriş masalasi alohida muhokama etildi.
Kim Xi Sang joriy yilda Seul şahri meriyasi tomonidan boğni qayta ta’mirlaş uçun 340 ming AQŞ dollari, Koreya Taşqi işlar vazirligi tomonidan esa 152 ming AQŞ dollari miqdorida mablağ ajratiş rejalaştirilayotganligini bildirib, bu işlar öz muddatida, yuqori sifatda bajarilişi uçun Toşkent şahri hokimligining amaliy yordami muhimligini qayd etdi.
Şuningdek, Koreya investitsiyasi asosida işga tuşişi möljallangan markaz faoliyatining taşkiliy-huquqiy masalalarini bayon etdi.
Şavkat Umrzoqov Seul boği ikki mamlakat döstligi ramzi ekanligiga e’tibor qaratib, qayta ta’mirlaş işlari boşlanguniga qadar ham boğni tartibga keltiriş işlari amalga oşirilişi va rekonstruksiya jarayonida ham zarur amaliy yordam körsatilişini bildirdi. Şu bilan birga, investitsiya sohasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantiriş uçun Toşkent bor imkoniyatlarini işga solişini bildirib, ikki tomon – Koreya Respublikasi va Toşkent şahar hokimligining mas’ullaridan iborat işçi guruhini taşkil etiş orqali turli sohalarda rivojlaniş istiqbollarini birgalikda körib çiqib, yangi loyihalarni işga tuşiriş yuzasidan rejalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş taklifini bildirdi.

















