Özbekiston Markaziy banki boşqaruvi 4 may kungi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi.
Bu qaror iqtisodiyotda narxlar ösişining yanada sekinlaşişiga yordam beruvçi pul-kredit şaroitlarini ta’minlaş, şuningdek, mart oyidagi asosiy stavka pasaytirilişining yalpi talab va taklifning muvozanatlaşuviga ijobiy ta’sirlarini davom ettirişga qaratilgan, deyiladi regulyator tarqatgan relizda.
Ta’kidlanişiça, yillik inflatsiya darajasi mart va aprel oylarida ham pasayişda davom etdi hamda mos ravişda 11,7 va 11,0 foizga teng böldi. Uşbu pasayişda mavsumiy omillar va ötgan yildagi yuqori baza effekti ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Inflatsiyaning uzoq muddatli va barqaror omillarini ifoda etuvçi bazaviy inflatsiyada ham mart oyida sezilarli pasayiş dinamikasi kuzatilib, yillik 12,9 foizgaça sekinlaşdi (2022 yil dekabr oyida 13,8 foiz). Bunda, bazaviy inflatsiyaning umumiy inflatsiyaga hissasi ötgan yilning oktabr oyidan buyon birinçi marta 10 foiz banddan kamroqni taşkil etdi.
Ayni paytda, bazaviy inflatsiya darajasining umumiy inflatsiyadan yuqoriligi iqtisodiyotda ma’lum bir inflyatsion xatarlarni saqlanib qolayotganini ifodalaydi.
Kelgusi 12 oy uçun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari ham pasayiş tendensiyasiga qaytdi va mos ravişda 14,4 va 14,1 foiz darajasida şakllandi. Bunda, aholining inflyatsion kutilmalari böyiça javoblar medianasi – 11,5 foizgaça va tadbirkorlik sub’yektlariniki – 11,4 foizgaça pasaydi.
Joriy yilning yanvar oyida iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar keskin oşib, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy vaziyat hamda narxlar böyiça xavotirlari oşganini namoyon qilgan edi. Kutilmalarning pasayişi va uzoq muddatli trendiga yaqin şakllanişi inflyatsion jarayonlarning sekinlaşuvi böyiça umumiy tendensiyalarning kelgusida ham davom etişi borasidagi mulohazalarni kuçaytirmoqda.

















