Yevrokomissiya 3 may, çorşanba kuni Yevropa Ittifoqining işlab çiqariş quvvatini oşiriş hamda öq-dorilar, raketalar va ularning tarkibiy qismlari taqçilligini bartaraf etişga qaratilgan qonunçilik taklifini ma’qulladi. Yevrokomissiya uşbu maqsadlar uçun 500 million yevro ajratişni taklif qilmoqda va YeI davlatlarini snaryadlar işlab çiqarişga yana 500 million yevro investitsiyalarni jalb qilişga çaqirmoqda.

Bryussel iyun oyi oxirigaça Yevroparlament va YeI Kengaşi tomonidan tegişli qonunning tezkorlik bilan qabul qilinişiga umid qilmoqda. Unda közda tutilgan qöllab-quvvatlaş çoralari 2025 yilning örtalariga qadar amal qiladi.

"Biz zaxiralar qisqarişini qoplaş uçun köproq işlab çiqarişimiz kerak: sizlarga ma’lumki, Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainani zarur öq-dorilar bilan ta’minlaş uçun bunga majbur bölgan", - deya tuşuntirdi içki bozor böyiça Yevropa komissari Terri Breton Bryusseldagi matbuot anjumanida. Uning eslatişiça, Yevropa Ittifoqi yaqin ön ikki oy içida Kiyevga million artilleriya snaryadi yetkazib beriş majburiyatini olgan.

Bu Yevropa Ittifoqining Ukrainani tezda öq-dorilar va raketalar bilan ta’minlaş, şuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning öz zaxiralarini töldiriş rejasining uçinçi qismidir. Birinçi qism Yevropa Ittifoqi mamlakatlari zaxiralaridan öq-dorilarni Kiyevga zudlik bilan yetkazib berişni, ikkinçisi - Ukrainani yanada ta’minlaş va Yevropa mamlakatlari armiyalari zaxiralarini töldiriş uçun qöşma xaridlarni öz içiga oladi. Yevrokomissiya dastlabki ikki bosqiç uçun bir milliard yevro ajratişni taklif qildi, uning birinçi bosqiçi YeI Kengaşi tomonidan ma’qullangan.