Vazirlar Mahkamasining “Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning öq-dorilari muomalasi sohasida litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Quyidagi tartib örnatilmoqda:
- qurolni ta’mirlaş va realizatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi şaxslar öz faoliyatini IIVning litsenziyasi asosida amalga oşiradi;
- quroldan foydalaniş uçun tirlar va öq otiş maydonlari öz faoliyatini hududiy içki işlar organlarining qurolni saqlaşga doir ruxsatnomasi asosida amalga oşiradi;
- yuridik va jismoniy şaxslarga tegişli bölgan qurol içki işlar organlarida röyxatga qöyiladi hamda ularni saqlaş va olib yurişga doir ruxsatnoma beriladi.
Muomalasi taqiqlangan maxsus ta’mirlaş işlarini amalga oşirmasdan turib öq uziş imkoniyatini istisno etadigan öquv quroli hamda vazn-ölçamli qurol, şuningdek nur-tovuşli ta’sirga ega patron bilan öq uzişni imitatsiya qiliş uçun möljallangan, maxsus ta’mirlaş işlarini amalga oşirmasdan turib boşqa turdagi patronlar bilan öq uziş imkoniyatini istisno etadigan paxtavon qurol va uning öq-dorilari fuqarolar tomonidan içki işlar organlariga tekin topşiriladi, belgilangan tartibda yöq qilinadi yoki maxsus organlar va harbiy tuzilmalar kolleksiyalariga topşiriladi.
Fuqarolar uçun pnevmatik kalta stvolli qurol va taşqi tomondan avtomatik qurol nusxalariga (replikalariga) öxşaş pnevmatik qurolning faqat sport obektlarida içki işlar organlarining ruxsatnomalari asosida saqlanişiga va ulardan foydalanişga yöl qöyiladi. Içki işlar organlari tomonidan ruxsatnomani beriş rad etilgan taqdirda, qurol uni realizatsiya qiliş uçun litsenziyaga ega bölgan yuridik şaxslar orqali realizatsiya qilinadi yoki içki işlar organlariga topşiriladi.
Fuqarolik qurolini oliş uçun qöşimça talab sifatida qurol egasining yaqin qarindoşlarini va birga yaşovçi şaxslarni ruhiy va narkologiya dispanserlarida hisobda turişini tekşiriş kiritilmoqda.
















