Giyohvand vositalarining noqonuniy aylanmasi va muomalasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holati foş qilindi. Bu haqda Kun.uz’ga Bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi “Ayritom” çegara bojxona posti orqali Afğonistondan kirib kelgan yuk maşinasi bojxonaçilarda şubha uyğotgan. Hujjatlarga köra, mazkur yuk maşinasiga 9 ming dona plastik idişga qadoqlangan 18 tonna anor şarbati ortilgan bölib, yuk poytaxtdagi MÇJlardan birining nomiga yuborilgan. Ammo bojxona organlari faoliyatiga joriy qilingan “Xavflarni boşqariş” tizimida yuklar “qizil” yölakka yönaltiriladi. Sababi, nimadir şubhali edi.
Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan DXX, içki işlar idoralari va çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda yuk maşinasi bojxona körigidan ötkazilgan. Körik davomida ayrim anor şarbati idişlariga “M” harfi belgisi tuşirilgani hamda aynan şu idişlardagi şarbatning rangi ham boşqalaridan biroz farq qilişi şubhalarni yanada oşiradi. Qolaversa, aynan şu idişlarning oğzidagi himoya qatlamlari ham avval oçib körilgani ma’lum böladi.

Şarbat tekşirib körilganida, uning tarkibida metamfetamin sintetik giyohvand vositasi borligi aniqlangan. Odatda kristallsimon körinişda böladigan metamfetaminni qonunbuzarlar keyinçalik laboratoriya yoki oddiy uy şaroitida şarbat tarkibidan ajratib olişni rejalaştirişgan.
Aynan “M” harfi tuşirilgan şarbatlar soni 48 dona bölib, idişi bilan hisoblaganda ularning umumiy oğirligi 103 kgni taşkil qilgan. Dunyo böylab qora bozorda metamfetaminning 1 grammi hatokki 700 AQŞ dollarigaça kötarilgani inobatga olinsa, mazkur holatda töxtatib qolingan uşbu moddaning umumiy qiymati bir neça ön million dollarga yetadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.
Ma’lumot uçun, bojxonaçilar tomonidan 2022 yilda 41 ta holatda 109.3 kg, 2023 yilning 1 çoragida esa 10 ta holatda 103,3 kg oğirlikdagi sintetik giyohvand vositalarining bojxona çegaralari orqali noqonuniy olib ötilişi va içki hududdagi yaşirin aylanmasiga çek qöyilgan.
















