Köklam kunlarida köpçilik tabiat qöyniga çiqişga, yozda esa salqin göşalarga oşiqadi. “Manzil” loyihasi şunday joylardan yana biri – Namanganning Pop tumanidagi Guliston mahallasida böldi. Toğlar bağrida, tölib oqadigan soy böyida joylaşgan qişloq nafaqat tabiati, balki ekstremal attraksionlari bilan ham keluvçilarning könglini oladi.
Guliston mahallasi toğ oralab 22 km ga çözilgan. Aholining uyi asosan soy yoqasida joylaşgani uçun yozning issiq kunlarida dam olgani keluvçilar soni köp böladi. Bu yerda toğning ajib manzaralarini köriş uçun mototsikllar va maxsus maşinalarda harakatlanişadi.
Qişloqning yuqori qismida adrenalin his qilişni xohlovçilar uçun attraksionlar bor. Bular orasida men uçun eng qörqinçli va xavfli tuyulgani – uzunligi 160 metr va yerdan 60 metr balandlikdagi osma arqon köprigi böldi.
Guliston mahallasida kelib dam oladiganlar uçun eng arzoni 30 ming sömdan joy topişi mumkin. Dam oliş joylari xilma-xilligidan, didingizga va yaqinlaringiz xohişiga moslab tanlasangiz böladi. Biz esa sizga sayohat qiling, salomat böling, degan şiorimizni eslatamiz xolos.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus

















