Rossiya Taşqi işlar vazirligi tarğibotçi Zaxar Prilepinning avtomobilini portlatişda javobgarlik Ukraina rasmiylari va «ularning Ğarbdagi homiylari, birinçi navbatda AQŞ» zimmasiga yuklanadi, deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Departament portlaş böyiça tergov hali ham davom etayotganini ta’kidladi. Biroq Rossiya TIV buni «Kiyev rejimi va uning Ğarbdagi kuratorlari uyuştirgani» allaqaçon ravşan deb hisoblamoqda.

«Uşbu va boşqa terrorçilik harakatlari uçun javobgarlik nafaqat Ukraina hukumati, balki ularning Ğarbdagi homiylari, birinçi navbatda, AQŞ zimmasiga tuşadi», deyiladi bayonotda.

Bundan taşqari, rossiyalik diplomatlarning fikriga köra, Vaşington Prilepinning avtomobili portlatilişini rasman qoralamagani tufayli «Amerika rasmiylari özini-özi oşkor qilmoqda».

6 may kuni Nijniy Novgorod viloyatida Zaxar Prilepin ketayotgan maşina portlatib yuborildi. Oqibatda haydovçi halok böldi, tarğibotçining özi esa oğir yaralandi.

Bir neça soat içida Rossiya xavfsizlik kuçlari ikki kişini hibsga oldi, ulardan biri söroqdan söng suiqasdning ijroçisi deb e’lon qilindi. Rossiya xavfsizlik kuçlari bilan suhbatdan söng, erkak uzoq vaqt davomida Ukraina maxsus xizmatlarida işlaganini va ularning buyruği bilan sobiq LXR jangarisiga suiqasd qilganini aytgan.

Hozirça, Ukraina suiqasdga aloqadorligini tasdiqlamadi, lekin rad ham qilmadi.