Ukraina harbiy havo kuçlari 6 may kuni Amerikaning Patriot mudofaa tizimidan foydalangan holda Kiyev osmonida Rossiyaning gipertovuşli raketasini urib tuşirganini ma’lum qildi. Bu haqda AP yozdi.
Harbiy havo kuçlari qömondoni Mikola Oleşçuk sözlariga köra, «Kinjal» ballistik raketasi Ukraina poytaxtiga tungi hujum çoğida urib tuşirilgan. Bundan taşqari, Ukraina birinçi marta Patriot mudofaa tizimlaridan foydalangan.
«Ha, biz «noyob Kinjal»ni urib tuşirdik. Bu 4 may kuni tunda Kiyev viloyati osmonida sodir etilgan hujum paytida sodir böldi», dedi u.
Oleşçukning aytişiça, X-47 raketasi MiG-31K samolyoti tomonidan Rossiya hududidan uçirilgan va Patriot raketasi bilan urib tuşirilgan.
«Kinjal» - eng yangi va ilğor qurollardan biri. Rossiya harbiylariga köra, raketa 2 ming kilometrgaça, tovuşdan 10 baravar yuqori tezlikda uçadi, bu esa uni urib tuşirişni qiyinlaştiradi.
Ukraina harbiylari avvalroq «Kinjal»ni urib tuşiriş vositalari yöqligini tan olgan edi.
«Ular Patriot Amerikaning eskirgan quroli, Rossiyaniki esa dunyodagi eng zör qurollar ekanini aytişdi. Xöş, endi bu qurol gipertovuşli raketalarga qarşi samarali işlaşi haqida dalillar mavjud», dedi Ukraina Harbiy havo kuçlari vakili Yuriy Ignat.
Uning sözlariga köra, «Kinjal»ning muvaffaqiyatli urib tuşirilişi «Rossiya uçun yuzga berilgan zarba».
Ukraina aprel oyi oxirida birinçi Patriot raketalarini qabul qilib oldi. Ammo neçta tizim olingani va ular qayerda joylaştirilgani noma’lum. Ular AQŞ, Germaniya va Niderlandiya tomonidan yetkazib berilgan.


















