Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovga bo‘ysunuvchi ba’zi qo‘mondonlarning uni harakatga majburlash qobiliyati shuni ko‘rsatadiki, qo‘mondonlik zanjiri muammolari Rossiya Qurolli kuchlarining urushda muvofiqlashtirilgan operatsiyalarni o‘tkazish qobiliyatiga sezilarli ta’sir qiladi, deb ta’kidlaydi tahlilchilar.
ISW ekspertlarining qayd etishicha, bu voqealar Rossiyaning butun front bo‘ylab izchil mudofaa kampaniyasini muvofiqlashtirish qobiliyatiga oid savollarni tug‘diradi.
Avvalroq Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining kutilayotgan qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Baxmutga hujumdan voz kechgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida yozgandi.
Navbatdagi tahliliy sharhda aytilishicha, shu tarzda «Vagner» XHK va uning asoschisi Yevgeniy Prigojin potensial qiyin vaziyatga tushib qolgan.
Prigojin bir qator videolarni e’lon qildi, unda u hissiyotli tarzda Mudofaa vazirligidan XHKni snaryadlar bilan ta’minlashni talab qilib, aks holda 10 maydan boshlab guruh jangchilarini Baxmutdan olib chiqib ketish bilan tahdid qilgan.
ISW tahlilchilariga ko‘ra, Prigojinning g‘azabi Mudofaa vazirligi o‘z e’tiborini Baxmutdan boshqa jangovar hududlarga ko‘chirganini ko‘rsatadi, bu esa «vagnerchilarning» samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga jiddiy putur yetkazishi mumkin.
Biroq, ta’kidlanganidek, XHK o‘q-dorilar yo‘qligiga qaramay, Baxmutni to‘liq qo‘lga olishga harakat qilishni to‘xtatmayapti.


















