Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “dushman o‘z rejalarini o‘zgartirmoqchi emasligi va Baxmutni nazorat ostiga olish va hujum operatsiyalarini davom ettirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solayotganidan” dalolat beradi.

Sirskiyning ta’kidlashicha, hozirda mudofaa kuchlari Rossiyaning Baxmut yo‘nalishidagi rejalarini barbod qilishga muvaffaq bo‘lmoqda, ammo ular hali ham shaharni 9 maygacha bosib olishga umid qilmoqda.

"Bizning vazifamiz buning oldini olishdir", dedi ukrainalik general-polkovnik.