Joriy yilning 1-6 may kunlari Hindiston davlatining Alleppi şahrida sportning paeurlifting turi böyiça erkaklar va ayollar örtasida Osiyo çempionati bölib ötdi.

Mazkur nufuzli çempionatda mamlakatimiz terma jamoasi safida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati sportçilari iştirok etib, salmoqli natijalarni qayd etişdi.

Jumladan, OKMK xodimlari kasaba uyuşmasi Kengaşi jismoniy tarbiya-sport bölimi murabbiysi Aleksandr Romanenko şogidlaridan Konstantin Xardin 93 kg vazn toifasida 1-örinni egallab, Osiyo çempionligini qölga kiritdi. 

Yana bir sportçi Kemran Şirinov ham 74 kg vazn toifasida raqiblariga heç qanday imkoniyat qoldirmadi. Kemran ham öz hisobiga Osiyo çempionligini yozib qöydi.

Ayollar örtasidagi bahslarda 84 kg vazn toifasida iştirok etgan Yelena Xardina ham Osiyo çempionligiga sazovor böldi.

Yana bir muhim jihat uşbu sportçilar köp yillardan buyon pauerlifting bilan şuğullanib keliş barobarida Mis eritiş zavodida ham mehnat qilişadi. Ularning hisobida köplab xalqaro yutuqlar borligini ham alohida ta’kidlaş joiz.

Şuningdek, olmaliqlik, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Metin Ğafurov ham yoşlar örtasida 105 kg vazn toifasida barça raqiblaridan ustun kelgan holda Osiyo çempioni böldi.

Osiyo çempionlari bugun poytaxtimizdagi aeroportda tantanali ravişda kutib olindi. Kombinat atletlari endilikda Özbekiston kubogi hamda Jahon çempionatiga tayyorgarlik körişadi.

Reklama