O‘zbekistonda prezidentlik saylovi 9 iyulga belgilandi
Yangilangan Konstitutsiyaga ko‘ra, prezident vakolat muddati hozirgi 5 yildan 7 yilga oshirilgan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston prezidentining farmoniga muvofiq, muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi 2023 yil 9 iyul kuniga tayinlandi.
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110 va 128-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 66-moddasiga asosan 2023 yil 9 iyul kuniga muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi tayinlansin.
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga yuborilsin», deyilgan hujjat matnida.
Ma’lumot uchun, 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazilib, o‘zgarishlarni 90 foizdan ortiq saylovchilar ma’qullashdi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan biri davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lib, unga ko‘ra, prezident vakolat muddati hozirgi 5 yildan 7 yilga oshirilishi belgilangan.
Bugun, 8 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi
Jahon | 17:43
-
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi
Jahon | 17:15
-
Ukraina Moskvadagi paradda rahbarlari ishtirok etgan davlatlarga demarsh e’lon qildi
Jahon | 16:43
-
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»
Jahon | 16:26
Mavzuga oid

17:06 / 07.04.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi

10:51 / 24.03.2025
Parijdagi referendum natijasi: yana 500 ta ko‘cha piyodalarga ajratiladi

23:40 / 08.03.2025
Ruminiyada Georgeskuga prezidentlik saylovida ishtirok etishga ruxsat berildi

17:38 / 25.12.2024