Tegişli sertifikat asosan, suv quşlarining yaşaş muhiti sifatida xalqaro ahamiyatga ega bölgan suv-botqoq yerlari töğrisidagi konvensiya boş kotibi M.Mumba tomonidan tabiat resurslari vaziri A.Abduhakimovga topşirdi.

Sudoçe köli Özbekistonning Ramsar konvensiyasiga kiritilgan 4-obekti böldi. Bunga qadar Dengizköl 2001 yilda, Aydar-Arnasoy köllar tizimi 2008 yilda va Tödaköl hamda Quymazor suv omborlari 2020 yilda Ramsar röyxatidan joy olgan.

M.Mumba Samarqand şahrida bölib ötadigan BMTning uçta yirik tadbiri – çöllaniş böyiça global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning köçib yuruvçi turlarini saqlab qolişga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) Boş Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.

Ma’lumot uçun, Sudoçe kölida 24 turdagi baliq, 230 turdagi quş (118 ta gidrofil tur) bölib, şundan 24 turi Xalqaro Qizil kitobga (12 tur) va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Kölda 30 turdagi sutemizuvçilar ham bor (şundan 2 turi Özbekiston Qizil kitobiga va 3 turi Xalqaro Qizil kitobiga kiritilgan).

Sudoçe köli bahor-kuz davrida suv quşlarining ommaviy konsentratsiyasi joyi sifatida juda muhim rol öynaydi. Suv havzasida bahorgi migratsiya davrida quşlar soni 100 mingdan oşadi.