Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 martdagi PQ-4247-son qarori bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanida alohida ekologik qimmatga ega bölgan tabiiy obektlar va majmualarni, hayvonlarning noyob turlarini saqlab qoliş hamda ularni qayta tiklaş maqsadida umumiy maydoni 280 507 gektar bölgan davlat tabiatni muhofaza qiliş muassasasi şaklidagi “Sudoçe-Akpetki” davlat buyurtma qöriqxonasi taşkil etildi.

Buyurtma qöriqxonasining asosiy maqsadi qirğoq landşaftlari, kanallar, kollektorlar va ulardagi suv oqimi, suv atrofida yaşovçi quşlar, noyob, yöq bölib ketiş xavfi ostida bölgan baliqlar, yirtqiç quşlar va sut emizuvçi hayvonlarni saqlab qoliş hamda ularni qayta köpaytirişdan iborat.

Qaror bilan Davlat ekologiya qömitasiga 2021 yil yakuniga qadar Sudoçe kölini xalqaro ahamiyatga (Ramsar konvensiyasi) ega bölgan suvli-botqoqli hududlar röyxatiga kiritiş böyiça takliflar işlab çiqiş va Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi topşirildi.

 2019 yilda “Sudoçe-Akpetki” klaster buyurtma qöriqxonasi taşkil qilinişi haqida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirilgandi.