5 may kuni Soğliqni saqlaş vaziri dunyoning turli davlatlarida işlayotgan 30ga yaqin özbekistonlik şifokorlar bilan videomuloqot qildi. Suhbat davomida vazir xususiy sektorni rivojlantiriş masalasiga alohida urğu berdi.

“Jahon bankidan kamida 1 milliard dollar olib, xususiy sektorni faqat zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş, ularni oyoqqa turğiziş vazifasi oldimizda turibdi. Çunki xalqaro tajribada tibbiyotning oğir aravasini xususiy sektor tortyapti. Endi xususiy sektorning oyoqqa turişi uçun biz davlat bölib qanday yordam berdik ularga, degan savolni qöyişimiz kerak", – dedi Inoyatov.

Şuningdek, vazir Özbekistonda tibbiyotida sönggi vaqtda qilingan işlar bilan şifokorlarni taniştirgan.

“Keyingi hafta esa Amerikaga katta safarga boryapmiz. 20dan ortiq juda katta-katta markazlar, oliygohlar, Amerikaning yirik-yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan memorandumlarimiz imzolanişi kutilmoqda. Bundan asosiy maqsad mana şu standarlarni mamlakatimizga olib keliş”, – dedi vazir.

Ma’lum bölişiça, Jahon banki bilan birgalikda soğliqni saqlaş tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş milliy strategiyasi tayyorlangan. Loyihada AQŞ, Finlandiya, Germaniya, Janubiy Afrika Respublikasi, Janubiy Koreya, Kanada, Avstriya, Pokiston, Italiya, Angliya, Estoniya va Daniya singari davlatlardan mutaxassislar iştirok etgan.

Şuningdek, oxirgi 3 yilda umumiy qiymati 200 mln dollarlik 45ta loyihani davlat-xususiy şeriklik asosida amalga oşiriş böyiça bitimlar imzolangan.

Vazirga köra, hozir umumiy qiymati 1,1 mlrd dollarga teng bölgan yana 48ta loyiha böyiça muzokaralar olib borilyapti.

Qayd etilişiça, bu loyihalarning davomi sifatida 26-27 may kunlari Samarqand şahrida Germaniya-Özbekiston tibbiyot forumi, 3-4 iyun kunlari Rossiya-Özbekiston tibbiyot forumi ötkazilişi rejalaştirilgan.