Display Supply Chain Consultans kompaniyasining taniqli insayderi va tahlilçisi Ross Yang sözlariga köra, 2024 yilda taqdim etiladigan iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max modellari mos ravişda 6,3 va 6,9 dyuym diagonalli displey bilan jihozlanadi.
Demak, kelasi yilgi flagmanlar iPhone tarixidagi eng katta smartfon böladi. Taqqoslaş uçun, hozirgi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max 6,1 va 6,7 dyuymli displeyga ega. 2023 yil kuzida taqdim etiladigan yangi avlod smartfonlarida bu ölçam özgarmaydi.
Şuningdek, insayderning qöşimça qilişiça, Apple kompaniyasi iPhone 16 Pro va Pro Max ekranlarining tomonlar nisbatini biroz özgartirişi, ya’ni ular biroz kengayişi yoki çözilişi mumkin. Hozirça bu haqda tafsilotlar yöq. Yang may oyining oxirida batafsil ma’lumot almaşişga va’da berdi.
Ross Yang tahlilçi sifatida yaxşi obröga ega va uning insaydlari deyarli har doim tasdiqlangan.

















