Ukrainaga Amerika yordamining yangi katta paketi oylar va hatto yillar uçun möljallangan. U Ukraina havo mudofaasini kuçaytiriş uçun uskunalar yetkazib berişni öz içiga oladi.
AQŞ Ukraina hududiga Rossiyaning uçuvçisiz uçoqlari va raketa hujumlari davom etayotgan bir paytda, Ukrainaga havo mudofaasini kuçaytiriş uçun 1,2 milliard dollarlik yangi uzoq muddatli harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda 8 may, duşanba kuni keçqurun AP agentligi Amerika ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Uşbu paketning taqdim etilişi, ehtimol, 9 may kuni e’lon qilinadi. Harbiy yordam Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi (USAI) doirasida körsatiladi.
Pentagon omborlaridan Kiyevga tez-tez yuboriladigan Amerika texnika, qurol va öq-dorilaridan farqli ölaroq, yangi moliyaviy yordam paketi uzoq muddatda Ukrainaning xavfsizlik ehtiyojlarini qondiriş uçun oylar va hatto yillar davomida sarflanadi.
Vaşington tomonidan ajratilgan mablağ evaziga Ukraina uçun HAWK havo mudofaa tizimlari, raketalar, artilleriya snaryadlari, uçuvçisiz samolyotlar va sun’iy yöldoş tasvirlari xarid qilinişi rejalaştirilgan. Şuningdek, turli texnikalarga doimiy texnik xizmat körsatiş va unga ehtiyot qismlar xarid qiliş ham moliyalaştiriladi.
Yangi paketni hisobga olgan holda, Rossiyaning Ukrainaga qurolli bostirib kirişi boşlanganidan beri Kiyevga berilgan harbiy yordamning umumiy miqdori qariyb 37 milliard dollarni taşkil qiladi.
Ukrainaning Rossiya qöşinlariga qarşi bahorgi hujumga tayyorgarlik körişi fonida Kiyevga navbatdagi harbiy yordam tayyorlanmoqda. AP agentligining qayd etişiça, Ukraina havo hujumidan mudofaa sohasida hamon muammolarni boşdan keçirmoqda.

















