9 may kuni Kun.uz'da Çilonzor tumanida joylaşgan 178-maktabning öqituvçisi rahbarligidagi 4-sinf öquvçisining onasi tomonidan kaltaklangani haqidagi suriştiruv e’lon qilingandi.

Şundan söng, Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida ma’lumot berdi.

“Yetkazilgan tan jarohatining oğirlik darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga köra, jabrlanuvçiga soğliqning qisqa muddat buzilişiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan. Tergov jarayonida barça vajlar tekşirilib, yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi”, – deydi poytaxt IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxanova.

Şuningdek, hozirda bu holat Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasining ham nazoratiga olingani aytilmoqda.Unga köra, öqituvçi tomonidan Çilonzor tuman IIO FMB ga murojaat qilingan. Ayni vaqt huquq-tartibot xodimlari tomonidan suriştiruv işlari davom etmoqda.

"Tegişli taşkilotlar yuyqoridagi holat böyiça befarq emas. Örganiş işlari olib borilmoqda va yakunlari böyiça batafsil ma’lumot beriladi",– deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, Çilonzor tumanidagi maktablardan birida bölgan bu mojaro öquvçi qizlarning özaro kelişmovçiligi va yiğ-yiğlar sabab yuzaga kelgani aytilgandi.