Rossiya delegatsiyasi Estoniya hukumati va çegaraçilardan Narva şahrida örnatilgan «Putin War Criminal» (Putin – harbiy jinoyatçi) yozuvi va prezidentning portreti tuşirilgan bannerni olib taşlaşni talab qildi. Çunki banner çegaraning narigi tomonidagi Ivangorod şahri aholisiga körinib turadi. Bannerni örta asr qal’asida joylaşgan Narva Muuseum muzeyi ma’muriyati osib qöygan.

Narva şahri politsiyasi boşliği Indrek Pyuvi sözlariga köra, Estoniya öz qonunlariga amal qiladi. Qonun esa bunday plakatni taqiqlamaydi, Rossiya rasmiylarining bannerni olib taşlaşni talab qilişga asosi yöq.

Rossiyaning Ivangorod şahri va Estoniyaning Narva şahrini Narva daryosi ajratib turadi. Şu sababli banner Ivangorod aholisiga körinadi. Banner Estoniya haqidagi feyk xabarlarga qarşi kuraşuvçi Propastop uyuşmasi tomonidan tayyorlangan.

Yevgeniy Feldman / «Meduza»

Bundan taşqari, banner Ivangorod ma’muriyati harakatlariga qarşi javoban osilgan bölişi ham mumkin. Avvalroq, daryo qirğoğida rossiyaliklar tomonidan «Ğalaba kuni»ni nişonlaş uçun katta ekran örnatilgan va konsert translatsiyasini estoniyaliklar ham körişi mumkin edi.