Joriy yilning aprel oyida Toşkent Kimyo xalqaro universiteti vakillari amaliy taşrif bilan Amerika Qöşma Ştatlarining Çikago şahrida joylaşgan Ruzvelt universitetida bölişdi. Taşrif davomida Ruzvelt universiteti prezidenti Ali Malekzoda va Toşkent Kimyo xalqaro universitetining (TKXU) ta’sisçisi Alişer Vahobov taşabbusi bilan bakalavr va magistratura yönalişlarida ta’lim dasturlarini oçiş hamda professor-öqituvçilar malakasini oşiriş kurslarini taşkil etişga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Şuningdek, hamkorlik ramzi sifatida umumiy loyihalar ustida işlaş uçun taşkil qilingan markazning oçiliş marosimi ham bölib ötdi.


Oçiliş marosimidan söng Ruzvelt universitetining prezidenti Ali Malekzoda va vakillarimiz örtasida muzokaralar boşlandi. Unda TKXU rektori Jonpölat Kudaybergenov hamkorlikda amalga oşirilişi reja qilingan loyihalar böyiça taqdimot qildi. Undan söng esa, hamkorlikda taşkil qilinayotgan ta’lim dasturlarining şartlari va talabalar uçun yaratiladigan şart-şaroitlar muhokama qilindi.

Uçraşuvda tomonlar MBA dasturi böyiça dunyoda e’tirof etilgan standartlar va mahalliy işbilarmonlik muhitining öziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda magistratura yönalişida 1+1 dasturi asosida öqitiş bosqiçlarini muhokama qilişdi.
Xususan, hamkorlik dasturi asosida dastlabki öquv yili Toşkent Kimyo xalqaro universitetida va qolgan muddati esa Ruzvelt universitetida öqitiş tartibi körib çiqildi.

Uçraşuv söngida Ruzvelt universitetining Prezidenti Ali Malekzoda ta’lim orqali ikki mamlakat örtasidagi ilm, madaniyat va iqtisodiy sohadagi hamkorlikni faol qöllab-quvvatlaşini ta’kidlab ötdi.
2023/2024 öquv yili uçun MBA dasturiga qabul şartlari töğrisidagi ma’lumotlar Toşkent Kimyo xalqaro universitetining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

Şuningdek, delegatsiya a’zolari AQŞning bir qator nufuzli universitetlari qatoriga kiruvçi Georg Foks, Portland davlat universiteti, Oregon ştatida joylaşgan Korban universiteti, Texas ştatidagi Baylor va Hauston universitetlari vakillari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilişdi.



















