“Özbekinvest” eksport-import suğurta kompaniyasi bir neça yillardan buyon respublikaning suğurta bozorida yetakçi örinlardan birini egallab kelmoqda, şuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga suğurta xizmatlarini körsatişning innovatsion usullarini taqdim etiş böyiça mamlakatimiz bozorida yetakçilardan biri hisoblanadi. Uşbu mavqega erişişda kompaniyaning xodimlarni uzluksiz öqitiş tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompaniya vakillari avvalroq Rossiya, kontinental Yevropa, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyaning suğurta bozorlarini örganişgan. Joriy yilning aprel oyida esa “Özbekinvest” kompaniyasi hududiy rahbarlari Vaşington universitetining (AQŞ) mutaxassislari tomonidan maxsus işlab çiqilgan öquv dasturni örganiş uçun Sietl şahriga (Vaşington, AQŞ) taşrif buyurdilar.

“Özbekinvest” kompaniyasi vakillarini AQŞ suğurta bozoridagi joriy vaziyat, suğurta sohasidagi qonunçilik normalari, şuningdek suğurta mahsulotlari bilan taniştiriş maqsadida Suğurta akademiyasi (AQŞ) direktori janob Patrik Rayt bilan sessiya uçraşuvi bölib ötdi.

Şuningdek, uşbu sessiyada Vaşington universiteti va “Özbekinvest” kompaniyasi mutaxassislari suğurta sohasida zamonaviy texnologiyalarni qöllaş konsepsiyasini muhokama qildilar.

Öquv dasturiga muvofiq “Özbekinvest” vakillari 1949-yilda taşkil etilgan eng yirik mahalliy suğurta kompaniyasi – “PEMCO” suğurta kompaniyasida böldilar.  

"PEMCO " suğurta kompaniyasini boşqaruvining öziga xos taşkiliy-huquqiy şaklini alohida ta’kidlaş kerak - kompaniya "özaro" suğurta kompaniyasidir, ya’ni uşbu kompaniyada polisni rasmiylaştirgan har bir mijoz kompaniyaga egalik qiliş huquqiga ega. “PEMCO” suğurta polislari jismoniy şaxslar tomonidan onlayn sotib olinişi uçun möljallangan. Mazkur kompaniyada “Özbekinvest” vakillari jismoniy şaxslarga suğurta polislarini onlayn sotiş – avtomatlaştirilgan anderrayting jarayoni bilan tanişdilar.

“PEMCO” Insurance kompaniyasiga taşrif davomida kompaniya mutaxassislari AQŞdagi suğurta kompaniyalari tajribasi bilan örtoqlaşdilar, va AQŞning har bir ştatida şartnomalarni tuziş va suğurta qoplamasini taqdim etişga ta’sir körsatuvçi öz regulyatori mavjudligini ta’kidlab ötdilar. Belgilangan tartibga köra mijoz har bir suğurtalanayotgan şaxsning xavf darajasini aniqlaş uçun savollarni öz içiga olgan elektron sörovnomani töldiradi. Keyinçalik, töplangan ma’lumotlar dastur tomonidan avtomatik ravişda qayta işlanib, suğurta polisining narxi hisoblab çiqiladi va regulyatorga tasdiqlaş uçun yuboriladi.