“Ma’muriy islohotlar doirasida Özbekiston Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali taşkil qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi Özbekiston Milliy antidoping agentligi etib qayta taşkil qilindi. Milliy antidoping agentligi, jumladan:

  • respublika ijro etuvçi hokimiyat organi maqomiga ega bölib, öz faoliyatida prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir;
  • Butunjahon antidoping agentligining talablari va qoidalari bajarilişi ustidan doimiy monitoring olib boradi hamda tezkor joriy etadi.

Vazirlik va idoralarda yagona mehnatga haq tölaş tizimi joriy qilingunga qadar 2023 yil 15 maydan Milliy antidoping agentligi xodimlariga quyidagi miqdorda köp yillik işlaganlik uçun har oylik ustama tölanadi (rağbatlantiriş koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoşiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgaça – 0,3; 3 yildan 5 yilgaça – 0,6; 5 yildan 10 yilgaça – 0,8; 10 yildan 15 yilgaça – 1; 15 yildan 20 yilgaça – 1,2; 20 yildan yuqori – 1,5.

Respublikada va xorijda ötkaziladigan musobaqalarda doping-sinamalar oliş huquqiga ega bölgan xalqaro toifadagi doping ofitserlarni Xalqaro test agentligida (International Testing Agency) öqitiş yölga qöyiladi. Şuningdek, antidoping nazorati va monitoringi sohalari raqamlaştiriladi. Bunda:
 

  • doping-test va doping nazoratini taşkil qiliş, sportçilar haqida ma’lumotlarni töplaş va saqlaşga oid sportçining “biologik pasporti” (ABP) onlayn tizimi joriy etiladi;
  • sportçilar uçun antidoping ta’lim elektron platformasi yaratiladi;
  • bosqiçma-bosqiç Sportda taqiqlangan moddalarni tekşiriş milliy platformasi joriy etiladi.