Kayzer Vilhelm birinçi harbiy jinoyatçi sifatida

Davlat boşliqlarini harbiy jinoyatlari uçun jazolaş masalasi ilk bor Birinçi jahon uruşidan söng kötarilgan edi. Öşanda Germaniya imperatori Vilhelm ikkinçiga uruşni boşlaş aybi qöyilgan. Biroq kayzer Niderlandiyadan siyosiy boşpana topgan va uşbu davlat hukumati imperatorni ğoliblar qöliga topşirişdan boş tortgan edi.

Oqibatda «xalqaro axloq qoidalari va şartnomalarni misli körilmagan darajada oyoqosti qilgan»likda ayblanişiga qaramay Vilhelm ikkinçi oşini oşab, yoşini yaşab vafot etdi, Ikkinçi jahon uruşining boşlarida Parij hitlerçilar tomonidan bosib olinganini eşitdi. Uning vafotidan uç haftaça vaqt ötgaç Germaniya Sovet ittifoqiga hujum qilgan edi.

Qasos haqida ikki xil fikr

SSSR hukumatining 1942 yil 14 oktyabrdagi «Hitlerçi bosqinçilar va ularning şeriklarining bosib olingan Yevropa mamlakatlarida sodir etgan yovuzliklari uçun javobgarligi töğrisida»gi bayonotida birinçi marta Germaniya natsistlarining rahbarlarini sud qiliş masalasi kötarilgan edi. Aynan uşbu hujjatda Uçinçi reyx rahbarlarini sud qiliş uçun xalqaro tribunal taşkil qiliş ğoyasi ilgari surilgan.

1943 yilning noyabrida SSSR, AQŞ va Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirlarining Moskva konferensiyasi protokoli, uning bandlaridan biri sifatida «Sodir etgan vahşiyona işlari uçun hitlerçilarning javobgarligi töğrisida»gi deklaratsiya imzolandi. Unda jinoyatçilar qilmişni qayerda sodir etgan bölsa öşa davlatning qonunlari böyiça javobgarlikka tortilişi nazarda tutildi. Şu bilan birga «deklaratsiya kirdikorlari muayyan geografik joylar bilan boğliq bölmagan va ittifoqçilar hukumatlarining qöşma qarori bilan jazolanadigan boş jinoyatçilar masalasini qamrab olmasligi» alohida ta’kidlandi.

Ittifoqçilarning qöşma qarori 1945 yilgaça işlab çiqilmadi. Çunki sovet tarafi oçiq sud ötkazilişini har qança talab qilmasin, ittifoqçilar bunga qarşilik qilib kelişdi. Buyuk Britaniya boş vaziri Uinston Çerçill Uçinçi reyx rahbarlarini sud va söroqsiz otib taşlaş kerak deb hisoblar, AQŞ prezidenti Franklin Ruzvelt ham şunday fikrda edi.

Sud qiliş kerakmi yo joyida otib taşlaş kerakmi?

1944 yilda AQŞ va Buyuk Britaniya rahbarlari Stalinga masalani sudsiz hal qilişning yana bir variantini — uşlanganidan va şaxsi aniqlanganidan keyin bir soat içida otib taşlanişi kerak bölgan 100 ta boş jinoyatçining röyxatini tuzişni taklif qilişdi. Sovet rahbari bunga könmadi.