«Bitta amaliyot doirasida bajarilgan almaştiriş bemorning qöl barmoqlari harakatini qayta tikladi va oğir revmatoid artrit oğriğini yengillaştirdi, - deb yozgan naşr muxbiri. - Revmatoid artrit - böğinlarga hujum qiladigan, yalliğlaniş va oğriq çaqiradigan, atrofdagi töqimalarga zarar yetkazadigan zaiflaştiruvçi autoimmun kasallik hisoblanadi».

Şifokorlarning aytişiça, özbekistonlik ayol son va barmoq böğinlari oğir şikastlangani sababli şifoxonaga yordam sörab murojaat qilgan, deb yozadi gazeta. Tekşiruv davomida şifokorlar uning nafaqat ikki sonini, balki qöl barmoqlaridagi sakkizta böğinni ham endoprotezlaş zarurligini aniqlagan.

«Barmoqlar uçun zarur bölgan kiçik böğin implantlari Hindistonda mavjud emasligi sababli şifokorlar maxsus böğin implantlarini yaratiş uçun 3D texnologiyasiga murojaat qildi. «Zamonaviy 3D bosma texnologiyasidan foydalanib, biz bemorning şikastlangan böğinlariga mukammal mos keladigan va ularning funksiyasini tiklaydigan titan metall implantlarini yaratişga muvaffaq böldik», dedi doktor Niraj Godara», deb xabar qilgan gazeta.

Doktor Times of India muxbiriga «Mart oyi boşida bemorning ikkita soni almaştirildi va u töliq reabilitatsiya qilinganidan söng bir oy ötgaç, ikkinçi operatsiya amalga oşirildi. Uşbu amaliyot çoğida ikki qöldagi barmoqlarning sakkizta böğini maxsus implantlar bilan almaştirildi», deb ma’lum qilgan. Şifokorlarning aytişiça, bemor amaliyotlardan söng bir neça hafta ötgaç, mustaqil tarzda yura boşlagan va barmoqlarini erkin harakatga keltirgan.