Osiyo kubogi-2023 nimçorakfinal sönggi öyini doirasidagi Eron – Suriya bahsidan keyin barça çorakfinalçilarning nomi ma’lum bölib ulgurdi.
Turnir favoritlaridan biri sifatida sanalgan Eron milliy jamoasi Ektor Kuper boşqaruvidagi Suriya bilan 120 daqiqa davom etgan bahsda 1:1 hisobini qayd etib, penaltilar seriyasida 5:3 hisobida ustun kelgan holda 1/4 finalga yöllanma oldi. Bu bosqiçda forslar Yaponiyaga qarşi saf tortadi.

Avvalroq, çorakfinalda Tojikiston – Iordaniya, Avstraliya - Janubiy Koreya, Özbekiston esa mezbon Qatarga qarşi maydonga tuşişi oydinlaşgandi.
Qayd etiş joiz, Osiyo kubogi tarixida ilk marta Markaziy Osiyoning ikki jamoasi çorakfinalga yöllanma oldi.
Osiyo kubogi-2023. 1/4 final juftliklari:
2 fevral (16:30)
Tojikiston - Iordaniya
2 fevral (20:30)
Avstraliya - Janubiy Koreya
3 fevral (16:30)
Eron - Yaponiya
3 fevral (20:30)
Qatar – Özbekiston.
Eslatib ötamiz, Özbekiston nimçorakfinalda Tailandni mağlub (2:1) etgan holda çorakfinalga çiqqandi.

















