Toşkent şahar Yangihayot tumanida Nexia-2 avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 11 may kuni soat 07:30 larda Yangihayot tumani Toşkent aylanma yölining 4P21 yölida 2000 yilda tuğilgan A.A. Nexia-2 rusumli avtomaşinani boşqarib ketayotib, rul boşqaruvini yöqotib beton simyoğoçga urilişi oqibatida yöl transport hodisasi sodir bölgan.

Hodisa oqibatida Nexia-2 rusumli avtomaşina haydovçisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.