"Yangi yeçimlar - allaqaçon iş darajasida. Osmonimiz uçun köproq himoya, yerdagi mudofaa va harakatimiz uçun köproq imkoniyatlar...", dedi Zelenskiy. 

Uning sözlariga köra, 10 may kuni u şu mavzuda bir neça uçraşuvlar ötkazgan va yaqin kelajakda “hamkorlardan javob qadamlarini” kutmoqda.

Ukraina Yevropaning ideallari va qadriyatlari uçun, mustahkam birlik va tinçlikni yaratiş, Yevropa sivilizatsiyasi qurilgan erkinlik, xilma-xillik va insoniyat uçun kuraşmoqda, dedi Kiyevga kelgan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen. 9 may kuni u Yevropada tinçlik örnatiş “ötgan asrning köp qismida imkonsiz, dargumon” bölib tuyulgani, ammo bunga erişilganini heç qaçon unutmaslikka çaqirdi.

Endi Yevropa Ittifoqi doirasida erkin va tinç Ukraina haqida gapiriş imkonsiz bölib tuyulişi mumkin, dedi fon der Lyayyen Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaradan söng ötkazilgan matbuot anjumanida. "Ammo Yevropa imkonsiz narsaning uddasidan çiqyapti. Xuddi Ukraina kabi", - deya qöşimça qildi u.

Fon der Lyayyen va Zelenskiy Kiyevdagi uçraşuvda Ukrainaning YeIga kiriş yölini muhokama qilişdi, deb ta’kidladi YeK rahbari. Uning sözlariga köra, keng kölamli uruş şaroitida zarur islohotlarni amalga oşiriş uçun astoydil harakat qilayotgan Ukrainaning sa’y-harakatlarini hurmat qiladi. Bu işni davom ettiriş kerak va Ukraina hukumati islohotlar jarayonida Yevropa Ittifoqining kömagi va tajribasiga tayanişi mumkin, dedi fon der Lyayyen.