Amnesty International (AI) inson huquqlari taşkiloti Rossiya hukumatini qattiq rejimli koloniyada töqqiz yillik qamoq jazosini ötayotgan rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniyning hayoti va soğliği himoyasini ta’minlaşga çaqirdi. “Uning soğliği bilan boğliq vaziyat öta xavotirli, koloniya ma’muriyati tomonidan davom etayotgan ta’qib va   şafqatsiz munosabat uning inson huquqlarini buzadi va Rossiyaning xalqaro majburiyatlariga ziddir”, — deyiladi huquq himoyaçilari 11 may, payşanba kuni e’lon qilgan bayonotda.

Taşkilot koloniya ma’muriyati siyosatçini doimiy ravişda va özboşimçalik bilan jazo kamerasiga joylaştirganini eslatdi. "Hokimiyat Aleksey Navalniyning koloniyada qolişini butunlay çidab bölmas holga keltiriş uçun unga qarşi juda köp vositalardan foydalanmoqda.Unga nisbatan qöpol munosabatda böliş, kuç işlatiş va zarur tibbiy yordam körsatişdan boş tortiş Navalniy huquqlari hamda Rossiya xalqaro majburiyatlarini qöpol ravişda buziş hisoblanadi. Buning özi qiynoq yoki şafqatsiz munosabat sifatida baholanişi mumkin", - dedi AI Rossiya tadqiqotçisi Oleg Kozlovskiy.

Huquq himoyaçilarining fikriça, Rossiya hukumati Navalniyni “zudlik bilan va sözsiz” ozod qilişi kerak, çunki u jinoiy faoliyat uçun emas, balki “öz huquqlarini tinç yöl bilan amalga oşirişga uriniş” uçun sudlangan va vijdon mahkumi hisoblanadi. Amnesty International, şuningdek, Rossiya hukumatini Navalniyga nisbatan davom etayotgan asossiz jinoiy ta’qibni töxtatişga va unga nisbatan “terrorizmni tarğib qiliş”, “ekstremizmni moliyalaştiriş va tarğib qiliş” va “natsizmni reabilitatsiya qiliş” kabi yangi ayblovlarni olib taşlaşga çaqirdi. Huquq himoyaçilari Navalniyga xalqaro standartlarga muvofiq tibbiy yordam körsatilişi va toksikologik tekşiruvlar ötkazilişini talab qilgan.