«Fuqarolik uruşini köngil sezmoqda», — deya kuylagan edi Yuriy Şevçuk 80-yillar oxirlarida. Keyinçalik ma’lum bölişiça, uning köngli aldamagan ekan: 1991 yil avgustida bu uruşning kiçik uçquni Moskvaning qoq örtasida çaqnadi. Ikki yil ötgaç, 1993 yil oktyabrida fuqarolarning qurolli qarşiligi Rossiya poytaxtida yana takrorlandi — bu safar yirikroq va qonli miyoqsda. Yana bir yildan söng, 1994 yil oxirlarida Birinçi çeçen uruşi boşlandi va 1996 yilda Xasavyurt bitimi imzolanişi bilan tugadi. Uni ham, 1999–2004 yillarda röy bergan Ikkinçi çeçen uruşini ham köpçilik, jumladan, ikkinçi uruş taşabbuskori, taşkilotçisi va bevosita rahbari Vladimir Putin ham Rossiyada röy bergan fuqarolik uruşi deb biladi.
Formal jihatdan şunday ham, çunki Çeçeniston nominal tarzda hamon Rossiya hududi hisoblanardi, garçi çeçenlarning ayrimlari bu uruşlarni mustamlakaçilikka qarşi kuraş deb hisoblasa-da.
Umuman, fuqarolar uruşi va inqilob — Putin uçun dahşatli tuş. Özining 23 yillik hukmronlik davrida u şunday tizim tuzganki, tinç holatda u doim taxt ustida böladi, taxtdan u faqat aksiltizim xaraketeridagi çoralar vositasida mosuvo qilinişi mumkin, deb yozadi jurnalist Aleksandr Jyelenin.
Muallifga köra, Putin Rossiyasidagi propaganda, nafaqat kuçişlatar, şuningdek, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy xarakterdagi jamiki xavfsizlik çoralari fuqarolik qarama-qarşiligiga kiçikroq işorani ham bartaraf etişga yönaltirilgan.
Yaqinda yuz yildan ziyodroq vaqt muqaddam Rossiyada bölib ötgan tarixiy Fuqarolik uruşi «tugagani» e’lon qilingan allaqanday manifestni ham şunga kiritsa böladi. Uşbu hujjatni turli siyosiy kuçlar (monarxistlardan torib, anarxistlargaça) imzolagan. Hozirça taxmin qiliş mumkinki, u eng yuqori doirada tasdiqlangan — uning Davlat dumasidi imzolanişi ham tasodif emas.
Lekin, fuqarolik uruşlari muayyan jamiyatda yiğilib qolgan murosasiz qarama-qarşiliklar natijasida, ma’lum bir ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy dastlabki şartlar asosida sodir böladi. Turgan gapki, fuqarolik uruşini heç qanday deklaratsiyalar va manifestlar bilan boşlab ham, tugatib ham bölmaydi. U zarur şart-şaroitlar pişib yetilgan joyda alanga oladi. Fuqarolik qarama-qarşiligi paydo bölişida hokimiyat ham avval boşda qanday maqsadlarni közlaganidan qat’i nazar, asosiy rollardan birini öynab beradi.
Agar 1905 yilda röy bergan birinçisidan tortib Rossiyada röy bergan jami inqiloblar qarab çiqilsa, fuqarolik uruşi boşlanişi uçun katalizator rolini aynan hokimiyat öynab bergan. U «ğolibona kiçik uruş» vositasida xalq ommasini iqtisodiy tanglikdan çalğitmoqçi bölgan, birvarakayiga öz reytingini kötarib olişga uringan.



















