Uchrashuvda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari, ikki tomonlama va mintaqalararo shaklda bo‘lajak tadbirlar masalasi muhokama qilindi.

Xususan, 2023 yil 17-19 may kunlari Yevropa komissiyasi ijrochi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskisning O‘zbekistonga tashrifi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) yillik yig‘ilishida ishtirok etishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish amaliyotini davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.