Yer yuzida qariyb 1,1 milliard kişi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat çekmoqda. Kelgusi ön yillikda, iqlim özgarişlari va qöşni mamlakatlarda suv iste’molining ortişi Özbekistonda Amudaryo va Sirdaryo kabi daryolardan suv olinişini kamaytiradi. Buning natijasida qurğoqçilik va çöllaniş jarayoni yanada kuçayib ketişi hamda aholi turmuş darajasiga jiddiy ta’sir qilişi mumkin.
2030 yilga borib Özbekistonda 7 milliard kub metr suv tanqisligi kuzatilişi va oqibatda mamlakat dunyodagi suv tanqis bölgan 33 ta davlat qatoriga tuşib qolişi ehtimoldan yiroq emas.
Bunday şaroitda Amudaryo va Sirdaryo havzalari quyi oqimida joylaşgan hududlardagi eng köp suv sarflanadigan qişloq xöjaligi tarmoği (jami suvning 90 foizi) katta zarar köradi.
Şu sababli, Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Jizzax, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida suvni köp talab qiluvçi ekinlarni bosqiçma-bosqiç suvni kam talab qiladigan ekinlarga almaştiriş çora-tadbirlarini işlab çiqiş maqsadga muvofiq.
Hisob-kitoblarga köra, 1 tonna soya işlab çiqariş uçun 4124 kub metr va şunça qoramol göştini yetiştiriş uçun 15500 kub metr, 1 tonna guruç yetiştiriş uçun 3082 kub metr, 1 tonna buğdoy yetiştiriş uçun esa 2375 kub metrgaça suv sarflanadi.
Suv tanqisligi ta’sirini yumşatiş maqsadida qurğoqçilikka çidamli ekinlarning suv iste’moli darajasi örganib çiqildi. Jumladan, suvni kam talab qiluvçi 1 tonna kovul (kapers) yetiştiriş uçun 500 kub metr, çöl jöxorisi yetiştiriş uçun 700 kub metr, 1 tonna qöy va eçki göştini işlab çiqariş uçun esa 1500 kub metrgaça suv sarflanadi. Ular suvni yuqorida qayd etilgan suvni köp talab qiluvçi ekinlarga nisbatan 10 baravar kam iste’mol qiladi. Şuningdek, moş, loviya, nöxat va qizil loviya (fasol) kabi qurğoqçilikka çidamli dukkakli don ekinlarini ekiş maqsadga muvofiq.
Özbekistoning suğorilmaydigan çöl hududlarida qurğoqçilikka çidamli va bozorbop kovul (kapers) yetiştirib, uning eksportini keskin oşiriş imkoniyatlari mavjud. Bojxona qömitasi ma’lumotlariga köra, sönggi yillarda uşbu mahsulotning eksporti hajmi 2,3 ming tonnadan (3,8 mln dollar) 3,3 ming tonnaga (5,3 mln dollar) ortgan. Kapersning qariyb 80 foizi Jizzax viloyatining lalmi maydonlarida yetiştirilmoqda.
Tadqiqot natijasida, qurğoqçil hududlarda kam suv talab qiluvçi kovul (kapers, ozuqabop va farmatsevtikada foydalaniladi), tipçoq, qönğirboş (myatlik, yem-xaşak uçun), çöl jöxorisi, çöl-daşt solyankasi (farmatsevtikada foydalaniladi), soyali sparja (ozuqabop ekin) kabi ekinlarni joylaştiriş imkoniyatlari borligi aniqlandi.
















