Germaniya Ukraina uchun eng yirik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda
Germaniya Ukrainaga 2,7 milliard yevrolik qurol-yarog‘larning yangi partiyasini yetkazib beradi. Paket tarkibiga zirhli texnikalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, g‘ildirakli gaubitsalar va boshqa jihozlar kiradi, deya xabar bermoqda nemis nashri manbalarga tayanib.
Germaniya Ukrainaga deyarli 2,7 milliard yevroga teng eng yirik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Uning tarkibiga Marder piyoda qo‘shinlarining jangovar mashinalari, Leopard 1 tanklari, Gepard o‘ziyurar zenit qurollari, o‘q-dorilar bilan IRIS-T SLM havo mudofaa tizimlari va boshqa turdagi og‘ir texnikalar kiradi, deb xabar berdi Der Spiegel 13 may, shanba kuni Berlindagi manbalarga tayanib.
Nashrning yozishicha, bu paket so‘nggi kunlarda vazirliklar va federal kansler idorasi o‘rtasidagi maxfiy muzokaralar chog‘ida kelishilgan. Ukraina quruqlikdagi qo‘shinlarini zirhli texnikalar bilan mustahkamlash va Ukraina havo hujumidan mudofaa samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Der Spiegel nashrining yozishicha, paket 14 may kuni Axenda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga Buyuk Karl xalqaro mukofotini topshirish marosimiga to‘g‘ri keladi. Bu yil Ukraina xalqi va prezidentiga topshirilgan mukofotni topshirish marosimiga Zelenskiyning shaxsan o‘zi kelishi mumkin.
Ukraina uchun nemis qurollarining yangi ro‘yxati juda uzun - Ukraina yana 20 ta Marder piyoda jangovar mashinasini, 30 ta Leopard 1 tankini, 2022 yil oxirida va’da qilingan 18 g‘ildirakli gaubitsani, to‘rtta IRIS-T SLM havo mudofaa tizimini, 12 ta IRIS -T SLS ishga tushirish moslamalari va ushbu tizimlar uchun yuzlab boshqariladigan raketalarni oladi.
IRIS-T dunyodagi eng ilg‘or havo mudofaa tizimlaridan biridir. So‘nggi oylarda Ukrainaga yetkazib berilgan ikkita shunday tizim ko‘plab rus raketalari va dronlarini tutib oldi, deya qayd etadi Der Spiegel.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya Ukrainaga dushman pozitsiyalarini aniqlashda ham yordam beradi — Kiyevga 200 tagacha razvedkachi uchuvchisiz uchoqlar topshiriladi. Bundan tashqari, Ukraina ukrainalik harbiy xizmatchilarni tashish uchun 100 ta bronetransportyor va 100 ta logistika yordam mashinasi oladi.
Mavzuga oid
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
14:56 / 12.11.2024