Navoiy va Samarqand viloyatlarida har biri 100 MVt quvvatga ega 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, fotoelektr stansiyalar tomonidan yanvar-aprel oylarida 159 million 564 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 48 million kub metr tabiiy gaz tejaldi va atmosferaga 67 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olindi.

Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 200 mingdan ortiq xonadonning 4 oylik iste’molini tashkil etgani ma’lum qilingan manbada.