2023 yilning 14-17 may kunlari Özbekistonga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo, söngra Volgaböyi hududlaridan salqin havo kirib kelişi kutilmoqda. Bu haqda Özgidromet xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 14-17 may kunlari respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin.
14-16 may kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17 mayda Buxoro, Navoiy, Toşkent, Samarqand, Jizzax, Qaşqadaryo viloyatlari va toğli hududlarining ba’zi joylarida kuçli yomğir yoğadi. Ayrim joylarda döl yoğişi mumkin.
Baland toğli (2000 metrdan yuqori) hududlarda yomğir qorga aylanişi mumkin.
14-15 mayda şimolda va çöl hududlarda, 16-17 mayda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, ba’zida 23-25 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar kuzatilişi mumkin.
14-16 mayda respublika şimolida, 17 mayda respublikaning qolgan hududlarida kunduzgi havo harorati 17-22 darajagaça pasayadi.

















