Rossiya Mudofaa vazirligi Baxmut shimolidagi chekinishni tan oldi
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shinlarining Baxmut shimolidagi pozitsiyalaridan chekinganini tan oldi. Bundan idora rasmiy vakili Igor Konashenkovning brifingidagi ma’lumotlar darak beradi.
Rossiya qo‘shinlari "Yug" guruhining Malolilinovskoye yo‘nalishidagi bo‘linmalari "Berxovskoye suv omborining qulay sharoitlarini hisobga olgan holda" chiziqni egallab oldilar, dedi Konashenkov hamda buni "mudofaa barqarorligini oshirish maqsadi bilan" tushuntirdi.
Avvalroq, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) asoschisi Yevgeniy Prigojin, rossiyalik harbiy blogerlar va Ukraina Qurolli kuchlari Ukraina armiyasining hududda muvaffaqiyatga erishgani haqida xabar bergan edi.
ISW urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika institutining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari muvaffaqiyati Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumi fonida Rossiya axborot maydonida vahimani kuchaytirdi.
Mutaxassislar, jumladan, Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy kuchlari guruhi qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyning Rossiya qo‘shinlari Baxmut frontining ba’zi bo‘limlarida orqaga 2 kilometr chuqurlikka chekinganligi haqidagi xabari va bunga Rossiya Mudofaa vazirligi hamda "Vagner" XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning munosabatiga tayanmoqda.
Ikkinchisi, xususan, Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumga o‘tib, Baxmut va uning atrofidagi 3 km hududni qaytarib olganini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukrainaning mahalliy qarshi hujumlari haqidagi ma’lumotlarni "g‘ayrioddiy tezlik bilan" tan oldi, ammo mudofaa chizig‘ining siljigani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024