Rangi qorayib qolgan yam-yaşil kanal, qölansa hid va paşşadan aziyat çekayotgan aholi, yillarki yeçimini kutayotgan ekologik fojia... 8 may kuni Kun.uz'da “Suv fojiasi — Toşkentda qayta işlangan kanalizatsiya suvlari Bözsuv kanaliga oqizib yuborilmoqda” sarlavhali suriştiruv e’lon qilingan va unda hududdagi holat va aholi fikri örganilgandi. Suriştiruvning ikkinçi qismida Bözsuv aeratsiya stansiyasidagi holat va mas’ullar fikrini örgandik.

Aeratsiya stansiyasi rahbariyatiga beradigan savollarimiz juda köp. Suv nega qora tusli? Nima uçun ayrim kunlarda suvning rangi tinib qoladiyu, ba’zan suvdan qölansa hid taraladi? Sizdirilayotgan suvdagi köpiklar nimaning hisobiga hosil böladi? Taşkil topganiga 60 yildan oşgan inşootning bugungi kun talablariga javob berişga quvvati yetadimi? Bözsuv rangini özgartirayotgan suv kanal suvidagi biologik hayot va ekologiyaga qanday ta’sir etadi? Yeçimlar-çi? Ular haqida boş qotirilyaptimi? Stansiya faoliyatini örganiş davomida har bir savolimizga birma-bir javob olib, barça haqiqatlarni yuzaga çiqaramiz. Örtaga qöygan ilk savolimiz esa suv nima uçun qora?

“Bunga poytaxtda faoliyat yuritayotgan tekstil korxonalarida foydalanilayotgan böyoqlar sabab”, — deydi Bözsuv suv töyintiriş inşooti rahbari Jamşid Zufarov.

“Bizning inşootimiz şahardan kelayotgan oqova suvlariga biologik işlov beriş uçun möljallangan. Suvlarni rangdan tozalaş imkoniga ega emasmiz. Aslida har bir tekstil korxonalarining özida mahalliy kimyoviy-fizik suv tozalaş inşootlari bölişi kerak. Bu biroz qimmat uskuna. Şu sababli tadbirkorlar bu uskunalardan foydalanişmaydi va rangli oqova suvlarini töğridan-töğri kanalizatsiya tarmoqlariga oqizib yuborişadi”, — deydi u.

Zufarov sözlariga isbot sifatida Yangi yil hamda Ramazon hayiti ta’tillarida oqova suvlari rangining tingani, sanoqli öşa kunlarda Bözsuvga ham qayta işlangan şaffof suv sizdirilgani aks etgan videolarni bizga taqdim etdi. Aynan şu kunlari Toşkent şahridagi tekstil korxonalari ham dam olgan va şuning hisobiga suv rangi tiniqlaşgan.

Mas’ullar poytaxt içidagi tekstil korxonalarini şahardan taşqariga, Toşkent viloyatida taşkil etiladigan maxsus sanoat zonasiga olib çiqiş çoralari körilayotgani, agar şunday qilinsa, inşootdan çiqadigan suvlar ham tabiiy tusga kirişi mumkinligini aytişmoqda. Muammo faqat suvning rangi bilan boğliqmi degan navbatdagi savol tuğiladi. Yöq, albatta. 1963 yilda taşkil topgan Bözsuv suv tozalaş inşooti faqat biologik işlov beriş uçun möljallangan. Ya’ni 60 yil oldingi sanoat şaroitlari uçun moslangan. Stansiyada qattiq, yirik jismlar, quşxonalardan oqizib yuboriladigan hayvon jasadlari, terilar, yoğ va neft qatlamlarini uşlab qolişi mumkin. Lekin u kimyoviy rang, yelim va şunga öxşaş noorganik moddalardan suvni tozalay oliş quvvatiga ega emas.