Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkmengaz» rahbariyati xodimi «Galqinish»dagi avariya uchun 8 yilga qamaldi
Yanvar oyida yuz bergan avariya oqibatida Turkmanistondan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish to‘xtab qolgan edi.
Foto: Turkmengaz
«Turkmengaz» davlat konserni raisining sobiq o‘rinbosari Otamurot Choriyev «Galqinish» gaz konida sodir bo‘lgan avariya uchun 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Turkmen.news xabariga ko‘ra, sud qachon va qayerda bo‘lib o‘tgani hozircha noma’lum. Bundan tashqari, amaldorga katta miqdorda moliyaviy da’vo taqdim etilgan. Ushbu avariya tufayli qishda O‘zbekistonga gaz yetkazib berish bir necha kunga to‘xtab qolgan edi.
Turkmaniston rasmiy matbuoti hukm haqida xabar bermadi. Ish bo‘yicha bir necha boshqa ayblanuvchilarning taqdiri hozircha noma’lum.
2023 yil yanvar oyida «Galqinish» konidan gaz yetkazib berish favqulodda to‘xtab qolgan edi. Bunga quritish datchiklari ishdan chiqqani, shuningdek, yoqilg‘ining muzlashiga yo‘l qo‘ymaydigan reagentlarning yo‘qligi sabab bo‘lgan. Oqibatda, anomal sovuq ob-havo sharoitida O‘zbekistonga gaz yetkazib berishda uzilish yuz bergan. Mart oyiga kelib Otamurot Choriyev va boshqa bir qancha amaldorlar hibsga olindi.
Otamurot Choriyev 2019-2021 yillarda muzlashdan himoya qiluvchi reagentlarni xarid qilish uchun bevosita javobgar bo‘lgan. Manbalarning ta’kidlashicha, u qimmat «antifriz» yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan, ammo aslida arzon muqobilini sotib olgan. Amaldor bu firibgarlikdan tushgan daromadni davlat konsernining o‘sha paytdagi rahbari Murod Archayev va gaz qazib olish boshqarmasi boshlig‘i Qadam O‘raniyozov bilan «baham ko‘rgan».
O‘zbekistonga gaz yetkazib berishning uzilishi «Turkmengaz» uchun jiddiy oqibatlarga olib keldi, deb yozdi manba. Ta’minot shartnomasi Rossiyaning «Gazprom» shirkatini chetlab o‘tgan holda tuzilgan edi. «Galqinish»da yuz bergan avariya oqibatida tajriba muvaffaqiyatsiz deb topildi.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025