Rossiya federal telekanallari 13 may kuni Bryansk viloyatida Rossiya Federatsiyasi Aerokosmik kuçlarining bir neçta samolyot va vertolyotlari halokatga uçragani haqida xabar bermadi, deb yozadi 15 may, duşanba kuni “Verstka” internet-naşri. Unga köra, voqealar sodir bölganidan keyin Birinçi kanal, Rossiya-1 va NTV telekanallarida 19 ta yangiliklar relizi va törtta yakuniy körsatuvlar efirga uzatilgan, biroq ularga voqea haqidagi syujyetlar kiritilmagan.
13 may kuni Bryansk viloyatining Klinsi şahrida Rossiyaning Mi-8 harbiy vertolyoti qulab tuşdi va ikki ekipaj a’zosi halok böldi. Bundan taşqari, tinç aholidan biri yaralangan, beş xonadonga zarar yetgan, dedi viloyat gubernatori Aleksandr Bogomaz. Şu kuni Rossiyaning Su-34 qiruvçi-bombardimonçi samolyoti Ukraina bilan çegara yaqinidagi Bryansk viloyatida halokatga uçradi.
Şu bilan birga, “Kommersant” gazetasi 13 may kuni öz nomini oşkor etmagan suhbatdoşlariga tayanib, mintaqada Su-35 qiruvçisi va yana bir Mi-8 vertolyoti qulagani, törtta texnika ham “deyarli bir vaqtda urib tuşirilgan bölişi” mumkinligini yozdi. Naşrning yozişiça, barça maşinalar bitta havo guruhi tarkibiga kirgan, qiruvçilar Çernihiv viloyatidagi nişonlarga zarba berişi, vertolyotlar esa ularni himoya qilişi kerak edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabar e’lon qilingan vaqtda voqealarga izoh bermadi. Ukraina Harbiy-havo kuçlari vakili Yuriy Ignat voqealarga Ukraina Qurolli kuçlarining aloqadorligini tasdiqlamadi ham, rad etmadi ham.


















