Ukraina qurolli kuçlarining Bryansk böylab raketa zarbasi oqibatida olti kişi halok böldi va 42 kişi yaralandi. Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomazning sözlariga köra, yaradorlarning 29 nafari şifoxonaga yotqizilgan.

Region rahbari hodisani «terrorçilik hujumi» deb atagan, lekin bu hujum oqibatlariga oydinlik kiritmagan. «Uşbu ğayriinsoniy terrorçilik akti oqibatlarini bartaraf etiş böyiça birinçi navbatdagi çoralar körilmoqda», – deya qöşimça qilgan Bogomaz.

Gubernator Bryanskning Sovetskiy rayonida yonğindan keyin tutun kötarilgani haqida xabar bergan, şu bilan birga, yonğinni ukrainlar hujumi bilan bevosita boğlamagan. U Bryanskda yaşovçilarga zaruratsiz köçaga çiqmaslik va derazalarni içkaridan yopib ötirişni tavsiya qilgan, şuningdek, tafsilotlarni keltirmasdan «fuqarolar evakuatsiyasi»ni tilga olgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda Bryanskka hujumni Kiyev uyuştirganini tasdiqlagan. «Boş qömondon Sirskiy menga qönğiroq qildi va hozirgina amalga oşirilgan muvaffaqiyatli amaliyot haqida sözlab berdi. Bryanskdagi zavodga aniq zarba berilgan», – degan u.

Zelenskiyning izohlaşiça, gap Rossiya raketalari uçun elektronika va butlovçi qismlar işlab çiqaradigan zavod haqida ketmoqda. «Aynan şaharlarimizga, qişloqlarimizga, fuqarolarga hujum qilayotganlarga [zarba berildi]. Biz himoyalanyapmiz», – deya qöşimça qilgan Ukraina prezident.

Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi zarba aks etgan videoni e’lon qilgan. Ukrain harbiylari aniqlik kiritişiça, Storm Shadow raketalari bilan yöllangan bu zarbalar «Kremniy El» mikroelektronika zavodi böylab berilgan. Ukraina qurolli kuçlari izohiga köra, zavodga Rossiyaning «harbiy-iqtisodiy salohiyati»ni pasaytiriş maqsadida hujum qilingan.

Xabarda «nişonga aniq zarba berilgani va işlab çiqariş quvvatlariga jiddiy zarar yetkazilgani» qöşimça qilingan. Zarar kölami aniqlaştirilmoqda.

Ukraina qurolli kuçlari bu hujumda qança raketadan foydalangani ma’lum qilinmagan. Videoda zavod hududida beş marta portlaş bölganini köriş mumkin.

Rossiya va Ukrainadagi harbiy mavzuga ixtisoslaşgan telegram-kanallar ukrain harbiylarining hujumi vaqtida va zarbalardan keyin Bryanskda yaşovçilar tomonidan olingan bir neça videolarni tarqatgan. Ulardan ayrimlarida uylar şikastlangani va maşinalar yonib ketganini ham köriş mumkin. Xabarlarda aytilişiça, raketalardan biri turar joy binosiga urilgan. Videolardan birining muallifi zarbadan keyin mahalliy aholi vakillaridan birining «qöli uzilib ketgani»ni aytgan. «Meduza» tahliliga