15 may kuni Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşdi.

Prezident Tanzila Norboyeva boşçiligidagi delegatsiyaning Ozarboyjonning atoqli davlat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Milliy Majlisning navbatdan taşqari yiğilişida iştirok etayotgani, uşbu mamlakatning umummilliy lideri xotirasiga körsatilgan yuksak hurmat-ehtirom uçun minnatdorlik bildirdi.

Özbekiston-Ozarboyjon munosabatlarining bugungi holatiga töxtalar ekan, Ilhom Aliyev ular izçil ravişda strategik şeriklik darajasiga kötarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Davlat rahbarlari örtasida özaro işonç va qardoşlik munosabatlari örnatilib, oliy darajadagi taşriflar almaşinuvining samarali mexanizmi yaratilganini ta’kidladi.

«Ötgan yilning özida men Özbekistonga 3 marta taşrif buyurdim. Bu biz uçun mamlakatingizdan yaqinroq döst yöqligini yana bir bor tasdiqlaydi» dedi Ilhom Aliyev.

Öz navbatida Tanzila Norboyeva samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirib, davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari bilan keyingi yillarda Özbekiston-Ozarboyjon munosabatlari sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga kötarilgani, ikki tomonlama aloqalarning ijobiy dinamikasi deyarli barça yönaliş va darajalarda kuzatilayotgani, muhimi, ikki qardoş mamlakat xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar maydonlarida bir-birini qöllab-quvvatlab kelayotganiga alohida töxtaldi.

Şuningdek, Tanzila Norboyeva parlamentlararo muloqot ikki tomonlama hamkorlikning muhim tarkibiy qismiga aylangani, Özbekiston va Ozarboyjon parlamentlari xalqlar örtasidagi köp asrlik döstlik riştalarini yanada mustahkamlaş, bundan buyon ham ikki tomonlama va köp tomonlama hamkorlikning barça ustuvor yönalişlari böyiça özaro manfaatli şeriklikni çuqurlaştiriş uçun parlamentlararo aloqalarning barça imkoniyat va sa’y-harakatlarini işga solinişini ta’kidlab ötdi.

Şuningdek, suhbat çoğida Özbekiston-Ozarboyjon munosabatlarini ikki mamlakat parlamentlararo muloqoti orqali rivojlantirişning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinib, hamkorlikning turli yönalişlari jumladan, maşinasozlik, qişloq xöjaligi, töqimaçilik sanoati, energetika, sarmoyaviy va boşqa sohalarda aniq loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuv davomida Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi qardoşlik aloqalari istiqbolli davom etişi muhimligi qayd etilib, ikki davlat yoşlarini birlaştirişga xizmat qiladigan maxsus forum taşkil etiş masalasini körib çiqiş taklifi ilgari surildi.