Oylik maoşingiz yetarli darajada bölişiga qaramay, pullaringiz tez tugab qoladimi? Muammo budjetni rejalaştirişda bölişi mumkin. Huzur-halovatda yaşaş va köngil istagan narsani sotib oliş ayb emas, biroq çiqimlarni nazorat qilişni biliş ham muhim. «Payme» ilovasidagi «Tölovlar monitoringi» xizmati sizga xarajatlaringizni oson kuzatib borişga yordam beradi. Uşbu servis yordamida siz bugundanoq öz maqsadlaringiz uçun pul yiğişni boşlaşingiz mumkin.

Barça çiqimlar nazorat ostida

Tölovlar monitoringi – bu Payme ilovasi orqali foydalanuvçilarga sarf-xarajatlarni nazorat qilişga yordam beradigan xizmat. Uşbu servis yordamida kartangizga kelib tuşgan mablağlar, şuningdek, u orqali amalga oşirilgan barça turdagi çiqimlarni kuzatib borişingiz mumkin. «Tölovlar monitoringi» yaqinda yangilanib, foydalaniş uçun yanada qulay böldi.

Budjetni foydaliroq boşqariş uçun uşbu xizmat yordamida siz xarajatlaringizni sana, toifalar, kartalar, yetkazib beruvçilar, oluvçi va yuboruvçilar kabi parametrlar böyiça saralaşingiz mumkin. Çiqimlar dinamikasini yaxşiroq tuşunişga xarajatlar va daromadlar grafikasi yordam beradi.

Toifalar böyiça saralaş bu – monitoringning eng foydali imkoniyatlaridan biri. Uning yordamida sarf-xarajatlarni turli toifalarga, masalan, ovqatlaniş, sovğalar, transport va boşqa yönalişlarga ajratiş mumkin. Bu nimalarga köp pul sarflayotganingiz va mablağlarni qayerda tejab qoliş mumkinligini anglaş imkonini beradi.

Agar sizni qaysi dökonda yoki restoranda köproq pul sarflaşingiz qiziqtirsa, siz yetkazib beruvçi böyiça ma’lumotlarni saralab olişingiz mumkin.

Bundan taşqari, «Tölovlar monitoringi» orqali siz istalgan payt kerakli çekni izlab topişingiz mumkin. Bu sizning moliyaviy xavfsizligingiz uçun muhim. Çekning mavjudligi sizga mahsulotlarni qaytarişda yoki xaridlarga kafolat olişda yordam berişi mumkin. Şuningdek, soliq inspeksiyasi va boşqa nazorat organlari tomonidan tekşiruv ötkazilsa, çek sizning foydangizga muhim isbot-dalil sifatida xizmat qilişi mumkin.

Şu bilan birga, «Tölovlar monitoringi» çiqimlar tarixini Exsel fayliga yuklab oliş imkonini beradi. Hisobot siz örnatgan filtrlar asosidagi ma’lumotlarni öz içiga oladi. Masalan, siz kartangizdan oxirgi uç oy davomida amalga oşirilgan tölovlarni yuklab olişingiz mumkin. Bu turli davrlar mobaynida amalga oşirilgan xarajatlarni taqqoslaşga yordam beradi.

Xizmatni qanday ulab oliş mumkin?

«Payme» ilovasida «Kirim-çiqim» bölimiga ötib, «Yoqiş» tugmaçasini bosing. Xizmat narxi – bor-yöği 2 000 söm. Profilingizga boğlangan barça kartalar uçun uşbu narx amal qiladi. Xizmat yoqilgaç, mablağ şu zahoti avtomatik ravişda yeçib olinadi. Söng har oyda bir marta kartangizdan 2 000 sömdan yeçib boriladi.