Bosh prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lumot berishicha, hodisa bugun 2023 yil 17 may kuni soat 03:00 larda sodir bo‘lgan.

Toyloq tumanida yashovchi 39 yoshli erkak Rossiyaga ishlash uchun ketgan rafiqasining begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani tasvirlangan videoni ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.

So‘ng, u xotinidan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 2015 va 2017 yillarda tug‘ilgan ikki o‘g‘lini qasddan o‘ldirgan. Jinoyatni sodir etib bo‘lgach tuman IIBga kelib bu haqida ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” va “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.