Ukraina: Rossiyaning urushdagi yo‘qotishlari 200 ming kishidan oshdi
Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgan paytidan hozirga qadar Rossiya Federatsiyasining yo‘qotishlari 200 ming kishidan oshganini da’vo qilmoqda.
Ukraina qo‘mondonligining ertalabki xabariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida 610 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan va shu tariqa o‘lgan rossiyaliklarning umumiy soni 200 590 kishini tashkil qilgan.
Jurnalistlar, 5 may holatiga ko‘ra, ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 22 055 rus askarining o‘limini tasdiqladilar - hisob-kitoblar ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, qabrlar fotosuratlari, rasmiylar va qurbonlarning qarindoshlari axboroti asosida amalga oshirildi.
"Mediazona" va BBC'dan bo‘lgan tadqiqot mualliflarining fikricha, haqiqiy qurbonlar soni kamida ikki baravar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Yaralanganlar va bedarak yo‘qolganlarni hisobga olgan holda, Rossiyaning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari soni kamida 203,3 ming kishini tashkil qilishi mumkin.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024