Nizomga köra: röyxatga kiritiş haqida ariza “Röyxat” axborot tizimi orqali yuboriladi; kelib tuşgan arizalar “Özeltexsanoat” Assotsiatsiyasi va Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi tomonidan birgalikda körib çiqiladi. Örnatilgan mezonlarga mos bölgan (60 balldan yuqori ball töplagan) korxona tegişli röyxatga kiritiladi.
Ma’lumot uçun: 2021 yil 1 apreldan boşlab mis xomaşyosini birja savdolari orqali xarid qilişda yuqori texnologiyali işlab çiqariş jarayonini joriy etgan tarmoq korxonalari tomonidan tölovning 25 foizi avans tarzida va qolgan 75 foizi mis xomaşyosi olinganidan söng 90 iş kuni içida har oyda teng uluşlarda amalga oşiriş tartibi joriy etilgan.
"Özeltexsanoat" uyuşmasining kafolatiga asosan yuqori texnologiyali işlab çiqariş jarayonini joriy etgan korxonalarga tovarlarni eksport qilişda nol darajali soliq stavkasi qöllanişi natijasida hosil bölgan QQSning salbiy farq summasi 3 kun içida qoplab beriladi. Bunda, soliq summasi qoplab berilganidan söng, kameral soliq tekşiruvi belgilangan tartibda amalga oşiriladi.
Agarda röyxatga kiritilgan korxona faoliyati davomida mezonlar böyiça baholanganda 60 balldan kam töplasa, röyxatdan çiqariladi.
















