“Özbekiston aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlaş tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.

2023 yil 1 sentabrdan:

  • seysmik faol zonada joylaşgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvçi köp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yölaklari, çerdak va umumiy foydalanişdagi oşxonalarda) özboşimçalik bilan qurilgan konstruksiyalar;
  • köp kvartirali uylarning, şu jumladan ularning yertöla va birinçi qavatidagi zilzilabardoşlikka ta’sir qiluvçi konstruksiyalarga özboşimçalik bilan kiritilgan özgartirişlar aniqlanadi.

Aniqlangan noqonuniy holatlar böyiça qonunçilikka muvofiq çoralar köriladi. 

Seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi qurilayotgan yoki mavjud obektlarning konstruksiyasini özgartiriş (qavatlar sonini özgartiriş, yonma-yon quriş, ustiga qavat quriş) böyiça quriliş işlarini boşlaşga faqat loyihaning özgartirilgan şaharsozlik hujjatlari qayta ekspertizadan ötkazilib, ijobiy xulosa olingandan söng ruxsat etiladi.

2023 yil 1 iyundan:

  • seysmik xavfsizligi IV toifadagi bino va inşootlar böyiça loyiha hujjatlarini işlab çiqiş Loyiha-qidiruv taşkilotlari elektron reytingida “S” va undan yuqori toifaga ega taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi;
  • seysmik xavfsizligi III–IV toifadagi bino va inşootlar böyiça quriliş işlari Quriliş-pudrat taşkilotlari elektron reytingida  “SSS” va undan yuqori toifaga (şu jumladan “A” va “B” turdagi barça toifalarga) ega bölgan quriliş-pudrat taşkilotlari tomonidan bajariladi.

2023 yil 1 oktyabrdan seysmik xavfsizligi II–IV toifadagi bino va inşootlar böyiça loyiha hujjatlarini işlab çiqiş va ekspertizadan ötkaziş, quriliş-montaj işlarini bajariş va nazorat funksiyalarini amalga oşiriş yönalişlaridagi faoliyat yurituvçi mutaxassislarni sertifikatlaş tartibi joriy etiladi.

2024 yil 1 yanvardan obektlarda davlat nazorati, buyurtmaçining texnik nazorati, işlab çiquvçining mualliflik nazorati va pudratçining içki nazorati tadbirlarini tegişli yönalişlar böyiça maxsus bilim va sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan amalga oşiriş amaliyoti yölga qöyiladi. 

Quyidagilarni “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimiga kiritib boriş majburiy hisoblanadi va ma’lumotlarning jamoatçilik uçun oçiqligi ta’minlanadi: