Hujjatga köra, bankning ACWA Power Wind Karatau kompaniyasiga krediti hajmi 19 million dollarni, Qoraqalpoğistondagi elektr stansiyasining quvvati esa 100 MVtni taşkil etadi.
Bu YeTTB dasturi doirasida Özbekistonga umumiy quvvati 2000 MVt bölgan şamol energetikasi quvvatlarini yaratişda yordam beradigan birinçi loyiha böladi.
Umuman olganda, mamlakatda YeTTB tomonidan moliyalaştiriladigan qayta tiklanuvçi energiya manbalarining quvvati 2700 MVtgaça oşiriladi.
Özbekistonda öz faoliyatini boşlaganidan buyon YeTTB iqtisodiyotning turli tarmoqlarida 3,4 milliard yevrodan ortiq 100 ta loyiha va dasturni moliyalaştirişni ma’qullagan (893 million yevrolik 7 ta loyiha işlab çiqilmoqda). Özbekiston MDH davlatlari orasida YeTTB sarmoyalarini eng köp oluvçi davlat hisoblanadi.

















