Joriy yil 12 mayda «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va «Barki Toçik» OAJ örtasida 2023 yil may-sentabr oylarida jami 1 285,0 mln kVt/soat hajmda elektr energiyasini import qiliş böyiça şartnoma imzolandi.

Respublikada energetika va suv resurslari muvozanatini saqlaş, iste’molçilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlaniş, şuningdek, kuz-qiş mavsumiga elektr uskuna va jihozlarni sifatli tayyorlaş maqsadida, 2018 yildan boşlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasini import qiliş işlari qayta yölga qöyilgan.

«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» ma’lumotiga köra:

  • 2018 yil aprel-sentabr oylarida 1 480,9 mln kVt/soat hajmda;
  • 2019 yil aprel-oktabr oylarida 1 425,1 mln kVt/soat hajmda;
  • 2020 yil may-sentabr oylarida 566,7 mln kVt/soat hajmda elektr energiyasi import qilingan.

«Barki Toçik»ning 2020 yil 13 iyuldagi xatiga asosan Vaxş daryosining suvi 50 foizga kamayganligi va buning natijasida Nurek gidroelektr stansiyasi suv omborida suv sathining 2019 yilga nisbatan 10 metrga pasayganligi sababli 2020 yil 16 iyuldan boşlab Özbekistonga elektr energiyasini yetkazib beriş qisman töxtatilgan edi.

Şundan söng:

  • 2021 yil may-sentabr oylarida 1 143,6 mln kVt/soat hajmda;
  • 2022 yil aprel-sentabr oylarida 823,2 mln kVt/soat hajmda elektr energiyasi import qilindi.