Centrum Air aviakompaniyasi hamda Canaan Travel hamkorlikda 28 apreldan 5 mayga qadar Özbekistondagi bir qator ommaviy axborot vositalari va blogerlar uçun Birlaşgan Arab Amirliklarining Ras-al-Xayma şahriga media-tur taşkil qildi.
Safar iştirokçilari 7 kun davomida şaharning eng diqqatga sazovor joylari, turizm salohiyati, mahalliy aholining öziga xos madaniyati, qadriyatlari bilan tanişişdi.
Nima uçun Ras-al-Xaymaga boriş kerak?
Ras-al-Xayma BAAning eng şimoliy qismida joylaşgan. Bu yerdagi ajoyib va xilma-xil landşaftlar, haşamatli plyajlar va nisbatan örtaça narxlar köplab sayyohlarni öziga jalb qiladi.
Turar joy
Ras-al-Xayma – ortiqça şovqinsiz, birmunça osuda şahar. Bu yerga dunyoning turli çekkalaridan sayyohlar kelişadi, u yerga yolğiz ham, oilaviy bölib ham bemalol boriş mumkin. Şaharda Hilton, Radisson, Rixos, Mövenpick va boşqa maşhur brend mehmonxonalar mavjud.



Barça mehmonxonalar All inclusive (hammasi içida) tizimi böyiça işlaydi. Bu esa öz navbatida hamyonbop oilaviy dam oliş uçun juda qulay.
Marvarid fermasi
Ras-al-Xaymaga taşrif buyurgan sayyohlar qayiqda uluğvor Al-Hajar toğ tizmalari etagida joylaşgan baliqçilik qişloğiga hayajonli sayohatga çiqiş imkoniyatiga ega bölişadi. U yerda siz bugungi kunda marvarid qazib olişda qöllanadigan innovatsion ilmiy usullar bilan tanişasiz va “Suvaydi marvaridlari” fermasiga taşrif buyurasiz. Ekskursiya oxirida taşrif buyuruvçilarga çiğanoq içidan özlari marvarid oliş imkoniyati taqdim qilinadi. Şuningdek, Ras-al-Xaymadagi eng yaxşi marvaridlardan iborat ajoyib kolleksiyani tomoşa qilişingiz mumkin.
Ras-al-Xayma marvarid sanoati bir neça ming yillik tarixga egaligi boisdan ham şaharni “amirliklar marvaridi” deya e’tirof etişadi.






















