Muhokamalar davomida mamlakatlar aholisining ösib borayotgan, yoş va boşqa qatlamlari salohiyatidan qay tarzda samarali foydalaniş hamda mazkur salohiyatni qanday qilib barqaror ösiş katalizatoriga aylantiriş mumkinligi yuzasidan fikr almaşilgan.
Xususan, professional ta’limni yangi yondaşuvlar asosida taşkil etiş, aholini, ayniqsa, yoşlarni zamonaviy kasblarga örgatiş, bunda xususiy sektor uluşini oşiriş, bu doiradagi barça jarayonlarning qonuniy asoslarini takomillaştiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.



“Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Özbekistonda 10 dan ortiq loyihalar doirasida yoşlarimizning salohiyatini oşirişga, ya’ni inson kapitalini rivojlantirişga katta kömak bermoqda. Mamlakatimiz demografik jihatdan tez ösib bormoqda. Har yili 600 ming yoşlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Ularning barçasini öqitişimiz va kasbga tayyorlaşimiz, şu bilan birga munosib mehnat, munosib iş haqi va xavfsiz mehnat şaroitlari bilan ta’minlaşimiz zarur. Albatta, bu yönalişda va biz uçun strategik ahamiyatli bölgan boşqa masalalarda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan izçil va samarali hamkorlik qilişimiz nihoyatda muhim”, — deya fikr bildirgan Senat raisi muhokamalar jarayonida.


YeTTB yiğilişi doirasida xalqaro savdo, energetika xavfsizligi, qayta tiklanadigan energiya manbalari, kiçik va örta biznesning iqtisodiyot uçun ahamiyati, rivojlanayotgan bozorlarda raqamlaştiriş kabi yönalişlarda ham xalqaro mutaxassis va ekspertlar iştirokida muhokamalar taşkil etilgan.

















